

2022 yilni kumush medallari bilan yakunlagan "Navbahor" jamoasi a'zolari 20 dekabr kuni Namanganda yig'inning dastlabki bosqichiga kirishadi. Mashg'ulotlar 29 dekabr sanasiga qadar davom etadi.
Ikkinchi yig'in yangi yil munosabati bilan kichik tatildan so'ng, 5 yanvardan 25 yanvargacha Turkiya mamlakatida davom ettiriladi. Yig'inning so'nggi bosqichi BAAning Dubay shahrida olib boriladi.



