“Navbahor” PFK O'zPFLdan uzr so'raydi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2020, 16:56
“Navbahor” PFK O'zbekiston Professional futbol ligasi (O'zPFL)ning yurtimiz futbolini rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlarini qadrlaydi va buning uchun minnatdorchilik bildiradi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati O'zPFLning rasmiy  ruxsatisiz “Navbahor” – “Surxon” uchrashuvini Toshkentda o'tkazilishi haqidagi ma'lumotni rasmiy veb - sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida berganligi uchun uzr so'raydi.

Bundan buyon “Navbahor” PFK matbuot xizmati bunday kamchilikka yo'l qo'ymaslikka intiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” матбуот хизмати