

Serbiyaning "Radnik" jamoasiga qarshi bellashuvda namanganliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuv davomida Jasur Yaxshiboev penaltidan unumli foydalana olmagan.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" 28 yanvarda Bolgariyaning "Semtemvri" va 1 fevral kuni Rustam Ashurmatovning yangi jamoasi "Rubin" bilan nazorat o'yini o'tkazadi.
Shuningdek, "lochinlar" 20 yanvar kuni Ibrohim Halil Yo'ldoshev to'p tepadigan "Pari Nijniy Novgorod" bilan nazorat bahsida maydonga tushishadi.



