"Navbahor" No'monov va Sulaymonov bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2018, 12:41
Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan "Navbahor" bugun ikki nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi.

Mavsumlar oralig'ida “Navbahor” tarkibiga qo'shilgan yarim himoyachi Ayubxon No'monov rasman klub a'zosiga aylandi.

Shuningdek, 2017 yilgi mavsumni Samarqandning “Dinamo” jamoasida o'tkazgan yosh hujumchi Sardor Sulaymonov ham “Navbahor” safiga qo'shildi. 1994 yilda tug'ilgan hujumchi joriy yilgi mavsumlar oralig'ida “Buxoro” jamoasi tarkibida shug'ullanayotgandi.

Endilikda Sulaymonov bir yillik shartnoma imzolaganligi sababli 2018 yilgi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” матбуот хизмати