"Navbahor" - "Nassaji". Mehmonlar safida bitta yo'qotish bor

Narzulla Saydullayev
18 okt 2023, 16:41
Namanganning "Navbahor" klubi 23 oktyabr kuni OCHL doirasida o'z maydonida Eron klubini qabul qiladi.

"Nassaji" himoyachisi Amirmuhammad Hushmand "Al Hilol" bilan o'yinning 38-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. OFK futbolchini 3ta o'yinga diskvalifikaciya qildi.

Shu bois Hushmand "Navbahor"ga qarshi ikkala o'yinda (3-tur va 4-turda) ham maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" - "Nassaji" uchrashuvi 23 oktyabr kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda soat 21:00da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia