

Mavsumlar oralig'ida “Navbahor” jamoasiga jalb etilgan futbolchilar bilan shartnoma imzolanmoqda. Bugun “Neftchi”dan taklif etilgan himoyachi Jahongir Mehmonov va “Mashal”dan jalb etilgan yarim himoyachi Mirzohid G'ofurovlar bilan shartnoma imzolandi. 2017 yilgi mavsumda viloyatimiz futboli tarbiyalanuvchilari "Navbahor” jamoasi sharafini himoya qilishadi. Shuningdek, jamoamiz yetakchilaridan biri Dilshod Jabborov bilan ham amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.



