"Navbahor": "Mashal" bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
5 apr 2016, 15:51
Qisqa muddatlik tatildan keyin jamoamiz a'zolari bugun to'planib, “Mashal” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlashdi.

Muborakda bo'lib o'tadigan o'yinga jamoamiz Toshkentda tayyorgarlik ko'radi. Aynan shu maqsadda ayni paytda futbolchilarimiz poytaxtdagi “Geofizika” qarorgohida to'planishdi.  Birozdan so'ng futbolchilarimiz dastlabki mashg'ulotni o'tkazishadi. Asosiy tarkib a'zolari “Geofizika”dagi mashg'ulotlarni 8 aprelga qadar davom ettirishadi. Jamoamizning Toshkentdagi yig'inida 24 nafar futbolchi ishtirok etayotganligini qo'shimcha qilish joiz. Muborakdagi bahsga bir kun qolganda esa Qashqadaryo viloyati sari yo'lga tushiladi. Muborakdagi B.Vafoev nomidagi o'yingohdagi uchrashuv 9 aprel kuni soat 16.30da boshlanadi. Bir kun oldin bo'lib o'tadigan yoshlar o'rtasidagi bahs esa soat 16.00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz