Yani yana birozdan futbolchilar Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bilan bah olib borishadi. Ayni paytda jamoada ko'plab futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda. Murabbiylar ularning o'yinini sinab ko'rish maqsadida bugungi o'yinni ham o'tkazishga qaror qilishdi. Tarkibdagi yangiliklar xususida to'xtaladigan bo'lsak, Yannis Mandzukas ("Qizilqum") va Inom Otaboevlar ham ko'rikdan o'tishmoqda. Ushbu futbolchilar bilan birgalikda bir qator yoshlar o'zlarini ko'rsata olishsa ikkinchi davrani "Navbahor"da o'tkazish imkoniga ega bo'lishadi.
Futbolchilar 25 va 27 iyul kuni O'FF qoshidagi "Futbol-Med" tibbiyot muassasida tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Toshkent yig'inidagi keyingi o'yinlar "Qizilqum" va "Mashal" jamoalariga qarshi o'tkaziladi.