"Navbahor" klubini vaqtinchalik kim boshqarishi ma'lum bo'ldi
Alisher Ostonov
27 sen 2025, 14:27
"Navbahor" klubi bu haqida Ligaga ma'lum qildi.
Ma'lumotda aytilishicha, bosh murabbiy Sergey Lushan bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Uning o'rniga esa Sherzod Jo'raev oldindagi bahslarda jamoani bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi.