Mazkur turnirda viloyatdagi sport va futbol maktablarida shug'ullanayotgan 1996-1997 yillarda tug'ilgan o'yinchilardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishadi. Musobaqadan o'rin olan uchrashuvlarda maydonga tushib o'zini ko'rsatgan iqtidorli futbolchilar saralab olinadi.
Turnir yakunida jamoalardan tanlab olingan yoshlardan uch-to'rtta tarkib shakllantirilib, hal qiluvchi o'yinlarda ishtirok etishadi. Musobaqadan o'rin olgan uchrashuvlarni “Navbahor” jamoasi hamda “Navbahor-Umid” futbol maktabida faoliyat yuritayotgan murabbiylar kuzatib borishadi va munosiblarni tavsiya qilishadi.
Turnirning so'nggi kunida o'tkaziladigan uchrashuvlarni “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham kuzatadi. Yakunda barchasi sarhisob qilinib, murabbiylar kengashi tomonidan iqtidorli deb topilgan futbolchilar “Navbahor” yoshlar jamoasida shug'ullanish imkoniga ega bo'ladilar. Ma'lumot o'rnida musobaqa Namangan viloyat futbol federatsiyasi va "Navbahor" futbol klubi tashabbusi bilan o'tkazilayotganligini keltirib o'tish joiz.