Navbahor: Futbolchilarimiz tibbiy ko'rikdan o'tishdi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2014, 21:43
Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan jamoamiz a'zolari bugun Futbol-Med sho'ba korxonasida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Hozircha jamoa tarkibida hech qanday o'zgarish bo'lganicha yo'q. Mashg'ulotlar esa poytaxtdagi Obod klubiga qarashli o'yingohining sun'iy qoplamali maydonda kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Toshkentdagi yig'inda ishtirok etishi rejalashtirilgan Durbek Umaraliev betobligi bois hozircha mashg'ulotlarga qo'shilmagan xolos. Tarkibga “Bunyodkor” jamoasidan Kamoliddin Tojiboevni qo'shilganligini ham etirof etish joiz. Tojiboev bunga qadar “Bunyodkor” yoshlar jamoasi sharafini himoya qilgan. 1990 yilda tug'ilgan himoyachining harakatlari murabbiylarga manzur bo'lsa futbolchi yangi mavsumda “Navbahor” sharafini himoya qilishi mumkin bo'ladi.

Shu o'rinda jamoamizning nazorat o'yinlari taqvimiga kichik o'zgartirish kiritilganligini qo'shimcha qilish joiz. Avval xabar berib o'tganimizdek, 29 yanvar kuni Metallurg va 2 fevral kuni Mashalga qarshi uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Murabbiylar shtabi yana bitta nazorat uchrashuvini o'tkazish bo'yicha Oq-tepa klubi bilan kelishuvga erishishdi. Mazkur o'yin 26 yanvar kuni “Oq-tepa” jamoasi o'yingohida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz