Kecha murabbiylar shtabi futbolchilarga dam olish kuni e'lon qildi. Maroqli tarzda dam olish maqsadida murabbiy va futbolchilar Chimyon dam olish maskaniga qadam ranjida qilishdi. Kuni bo'yi futbolchilarimiz dam olish maskanida mazza qilib xordiq chiqarishdi.
Jamoa a'zolari kechki ovqatdan so'ng Chirchiqdagi vaqtinchalik karorgohga qaytishdi. Og'ir mashg'ulotlardan so'ng o'ziga hos tarzda dam olish ham futbolchilarning kayfiyatini ko'tarib, ularni yanadan ruhlantirishga zamin yaratadi. Bu esa chempionatning ikkinchi yarmidagi natijalarni ijobiy ko'rinish olishiga xizmat qilsa ajab emas. Ertadan esa yana mashg'ulotlarga zo'r beriladi.
Eslatib o'tamiz, 12 iyul kuni futbolchilarimiz davralar oralig'idiga dastlabki nazorat uchrashuvini Muborakning "Mashal" jamoasiga qarshi o'tkazishadi.