"Navbahor" futbolchilari test-normativlarni topshirishdi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2019, 18:12
Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda “Navbahor”ning asosiy va U-21 yoshlar jamoalari futbolchilari test-normativlarni topshirishdi.

Mazkur test – normativlarni futbolchilardan O'FA Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi boshlig'i, pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev, mazkur bo'lim mutaxassislari – Mirjavlon Mirsagatov va Sobir Pirnazarovlar olishdi.        

Takidlash joizki, O'FA Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi har yili mavsum starti va ikkinchi davra o'yinlari oldidan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini bilish maqsadida test-normativlarini o'tkazib kelmoqda.

Bundan ko'zlangan asosiy  maqsad esa mavsum avvalida futbolchilarning yangi chempionatga qanday tayyorgarlik ko'rishganini aniqlash, ularning jismoniy jihatdan to'liq mavsum o'tkazishga tayyorgarliklariga ishonch hosil qilishdir.

Test-normativlar natijasi bir necha kundan so'ng texnik-bo'lim tomonidan ma'lum qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” матбуот хизмати