"Navbahor" ertaga Rossiyaning uchinchi divizioni klubiga qarshi o'ynaydi. Undan keyingi raqib "Ural"

Narzulla Saydullayev
11 fev 2021, 22:08
Turkiyaning Belek shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirayotgan “Navbahor” jamoasi navbatdagi nazorat o'yinini Smolenskning “Krasnyy” klubiga qarshi o'tkazishni rejalashtirgan.

Mazkur uchrashuv 12 fevral Toshkent vaqti bilan soat 16:00 ga belgilangan.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, garchi Smolensk jamoasining nomi “Krasnyy” (“Qizil”) bo'lsada, klubda qizil rangga aloqador hech nima yo'qligini ko'rish mumkin. Jamoaning asosiy liboslari va logotipidagi ranglar yashil-qoradan iborat bo'lib, klubning laqabi – “Bo'rilar”.

Shuningdek, “Navbahor” 16 fevral sanasida ham yana bir nazorat-sinov o'yinini o'tkazishni rejalashtirgan. Shu kuni jamoamizga mashg'ulotlarni Turkiyada davom ettirayotgan Rossiyaning boshqa bir vakili - Ekaterinburgning “Ural” jamoasi raqiblik qiladi.

Ushbu o'rtoqlik o'yinlari orqali “Navbahor” murabbiylari ixtiyorlarida bo'lib turgan barcha futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishni maqsad qilishgan.



“Navbahor” PFK matbuot xizmati.





Reklama







O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz