Navbahor endi hech kimdan qarz emas

Khoja
2 apr 2024, 07:28
Navbahor klubi o'tgan yildan qolgan barcha qarzlarini uzdi.

 Bu haqida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ma'lumki, Navbahor PFKda o'tgan mavsumda moliyaviy muammolar yuzaga kelganligi sababli, Navbahor-farm, U-21 yoshlar, U-19 va Navbahor-Women ayollar jamoalari a'zolaridan 2023 yil mavsumi uchun oylik maoshlardan qarzdorlik yuzaga kelgandi.

Navbahor klubi mazkur jamoalar vakillaridan bo'lgan 2023 yil mavsumi hamda 2024 yilning ayni paytigacha oylik maoshlardan bo'lgan qarzdorlikni to'liq bartaraf etdi, - deyilgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/fcnavbahor