"Navbahor" deyarli 9 yildan so'ng oliy ligada bir o'yinda 5ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
16 may 2016, 18:35
Namanganning "Navbahor" klubi 9-turda o'z uyida "Qo'qon-1912" bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda "Navbahor" o'z muxlislari qarshisida 5:1 hisobida zafar quchdi.

So'nggi bor "lochinlar" bir uchrashuvda beshta golni 2007 yil 18 iyun kuni o'z uyida "Lokomotiv"ga qarshi bahsda (6:2) urgandi.

Shunday qilib, oradan 8 yil 10 oy 26 kundan so'ng "Navbahor" oliy ligada bir o'yinda raqiblar darvozasiga 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia