

4 yanvar kuni boshlangan mashg'ulotlar davomida asosiy e'tibor futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan mashqlar bajarildi. Shu bilan birgalikda, nazorat o'yinlari orqali murabbiylar futbolchilarning holati borasida tegishli xulosalarga kelishdi. O'tkazilgan ikkita uchrashuvda g'alaba va durang qayd etildi.
“Olmaliq” jamoasi 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratilgan bo'lsa “Mashal” bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Bugun jamoa a'zolariga ikki kunlik dam olish e'lon qilindi. 17 yanvardan esa tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishiladi. Navbatdagi yig'in ham Toshkentda bo'lib o'tadi.

FOTOMAQOLA. "Navbahor" - "Mashal" 1:1
O'rtoqlik uchrashuvi. "Navbahor" - "Mashal" 1:1



