Navas PSJni tark etmoqchi. Unga APLning 3 ta klubidan qiziqish bor

Sherzod Nurmatov
7 okt 2022, 12:40
PSJ va Kosta-Rika terma jamoasi darvozaboni Keylor Navas qishki transferlar vaqtida klubdan ketishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, darvozabon muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ketishga qaror qilgan. Unga "Manchester Yunayted", "Vest Xem" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.

35 yoshli Navas joriy mavsum PSJ safida birorta ham o'yin o'tkazmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato