Natan Ake "Barselona"ga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
8 mar 2026
31 yoshli niderlandiyalik himoyachi Natan Ake faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

“Ko'k-anorranglilar" sport direktori Deku "Manchester Siti" himoyachisining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Ake bu taklifga qiziqish bildirishi mumkin, chunki bu mavsumda futbolchi "shaharliklar"ning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotgan.

Natan Ake 2020 yilda "Bornmut"dan "Manchester Siti"ga o'tgan. Bu mavsumda himoyachi klub safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Catalunya Ràdio