Nasri: "Xatto otam bosh murabbiy bo'lganida ham Fransiya terma jamoasiga qaytmagan bo'lar edim"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2015, 12:43
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Samir Nasri Fransiya terma jamoasiga qaytmoqchi emas.

"Menga APL yoqadi. Hayotim shu yerda, Angliyada. Shartnomam yakunlanganidan so'ng (2019 yil) Fransiyaga qaytgandan ko'ra MLSga ketsam kerak.

Xatto otam bosh murabbiy bo'lganida ham Fransiya terma jamoasiga qaytmagan bo'lar edim. Avvaliga terma jamoa men uchun orzu edi, ammo milliy jamoa tufayli ko'p azob chekdim" - deydi Nasri "Canal+"dagi chiqishida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+