"Nasaf"ning uch futbolchisi "Sho'rtan"ga ijaraga berildi

Narzulla Saydullayev
13 fev 2020, 11:46
Yangi mavsumga tayyorgarlikni yaqindagina boshlagan G'uzorning "Sho'rtan" klubi "Nasaf"ning uch futbolchisini ijaraga oldi.

Darvozabon Asad Polvonov, yarim himoyachilar Sardor Sadullaev va Xudoyor Sag'dullaev 2020 yilgi mavsumni PRO-ligada “Sho'rtan” safida o'tkazishadi.

Aytish kerakki,"Oq bo'rilar" yangi mavsumda Superligaga chiqishni maqsad qilishgan. Biroq hali hamon klubda qarzdorliklar ko'pligi va moliyaviy muammolarning mavjudligi aytilmoqda.


Nomoz Choriev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia