“Nasaf”ning tajribali futbolchisi “Qo'qon-1912" jamoasida

Khoja
17 yanv 2024, 10:23
Yangi mavsumda Superligaga qaytishni maqsad qilgan “Qo'qon-1912" jamoasi selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Jamoaning Toshkentdagi yig'iniga yana bir tajribali futbolchi - Bahrom Abdurahimov kelib qo'shilgan.

Bahrom Abdurahimov o'tgan mavsum Superliganing 23 ta turida maydonga tushgan. Shuningdek, yarim himoyachi “Nasaf”ning OCHLning keyingi bosqichiga yo'l olishiga katta hissa qo'shdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia