

Ayni damda chempionat peshqadamlaridan biri bo'lib turgan "Al Shabab" o'rtamiyonalar qatorida borayotgan "Al Fat"ga yirik - 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, "Al Shabab" klubi Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak finalida O'zbekistonning "Nasaf" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bosqich o'yinlari 19 va 20 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Ayni damda Saudiya Arabistoni chempionatida Jaloliddin Masharipov to'p tepayotgan "Al Nassr" peshqadamlik qilmoqda.



