"Nasaf"dan ketgan futbolchi AGMKga o'tdi

11 iyun 2018, 12:27
Superligada joriy mavsumni "Nasaf"da boshlagan Jasur Hasanov faoliyatini AGMK jamoasida davom ettiradi.

Avvalroq "Nasaf"ni tark etgan futbolchi jizzaxliklar safiga borib qo'shilishi haqida xabarlar bergandik. Buni jamoa ustozi Sergey Lushan ham tasdiqlagandi. Ammo muzokaralar yakunida tomonlar o'zaro kelishuvga erishishmagan.

Jasur Hasanovni yaqindagina AGMKga bosh murabbiy bo'lgan Baxtiyor Ashurmatov Olmaliqqa chorlagan va chap qanot vingeri bu taklifni qabul qilgan. Mavsumni qolgan qismida Jasur Hasanov AGMK sharafini himoya qiladi.

Eslatib o'tamiz, Jasur Hasanov joriy mavsumda Superligada 4ta golli uzatmani amalga oshirgan va assistentlar ro'yxatida 2-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia