“Nasaf” yangi mavsum tayyorgarliklarini davom ettirmoqda + fotolar

Narzulla Saydullayev
14 fev 2017, 21:19
Qarshida yangi mavsum tayyorgarliklarini olib borayotgan “Nasaf” jamoasi kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni o'tkazmoqda.

Mashg'ulotlar klub qarorgohi maydonida hamda “Markaziy” stadion qoshidagi  maydonlarda bo'lib o'tmoqda. Jamoamiz tarkibida o'zgarishlar yo'q. Jarohati tufayli vaqtincha safdan chiqqan Saydullo Rahmatov sog'ayib, umumiy mashg'ulotlarga qo'shildi.

Yangi mavsum tayyorgarliklarining so'nggi bosqichida nazorat uchrashuvlari ham o'tkazish rejalashtirilgan. “Ajdarlar” 22 fevral kuni Toshkentda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Quyida “Nasaf”ning bugungi mashg'ulotlaridan olingan suratlarni tomosha qiling.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz