"Nasaf" va "Bunyodkor" guruhda to'qnash kelishmaydi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2013, 14:16
Hozirgina OCHL-2014 guruh bosqichiga qur'a tashlandi.
Unga ko'ra O'zbekiston chempioni "Bunyodkor" klubi "B" guruhidan o'rin oldi. "Qaldirg'ochlar"ga "Al Fotih" (S.Arabistoni) va  "Fulad" (Eron) klublari raqiblik qiladi.

To'rtinchi o'rin esa G'arb pley-offi birinchi guruhida g'olib chiqqan jamoaga nasib etadi.

Birinchi guruh
1-bosqich, 2 fevral
1. “Al Suvayq” (Ummon) -  “Al Hidd” (Bahrayn)
2-bosqich, 8 fevral
2. “Baniyas” (BAA) - 1-bosqich g'olibi
3. "Al Jaish" (Qatar) - "Nasaf" (O'zbekiston)
3-bosqich, 15 fevral
2-juftlik g'olibi - 3-juftlik g'olibi

Agar bu guruhda Qatarning "Al Jaish" klubi g'olib chiqsa "Bunyodkor" o'rin olgan "B" guruhidan o'rin oladi.

Ammo agarda "Nasaf" bu guruhda g'olib chiqsa qarshiliklar "A" guruhidan o'rin olishadi. "Ar Rayyan" esa "B" guruhiga ko'chib o'tadi.

Bahodir Mirzaev
Kuala-Lumpur
Malayziya

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia