"Nasaf" Turkiyada Bosniya va Gertsegovina kubogi sohibi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2022, 13:40
Qarshining "Nasaf" klubi 3 fevral kuni ilk xorijiy yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketgandi.

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa mazkur yig'inda bir qator nazorat sinov uchrashuvlarini o'tkazadi. 

Championat.asia sayti ulardan uchtasini aniqladi.  "Nasaf" Turkiyadagi ilk nazorat o'yinini Gruziya kubogi g'olibi - "Saburtalo" jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

8 fevral kuni "ajdarlar" Rossiyaning "Volgar" klubi bilan o'ynashsa, 11 fervalda Bosniya va Gertsegovinaning "Saraevo" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ma'lumot uchun, "Saraevo" o'tgan mavsum o'z mamlakatida vice-chempion bo'lgan va kubok sohibiga aylangan.





O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia