

Yig'in davomida qarshiliklar oltita nazorat uchrashuvida maydonga chiqishdi va ularning barchasida g'alaba qozonishdi. Yig'in davomida tarkibda o'zgarishlar kuzatilmadi. Asosiy e'tibor o'yin amaliyotiga, futbolchilarning texnik va taktik tayyorgarligiga qaratildi.
Jamoa a'zolari qisqa tatildan keyin 25 yanvardan boshlab Qarshida to'planishadi va OCHL saralash bosqichida “Al Xidd” jamoasiga qarshi tayyorgarlikni boshlashadi.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Al Xidd” uchrashuvi 31 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.



