

“Markaziy” stadion mashg'ulotlar maydonida futbolchilar engil mashg'ulotlar bilan cheklanishdi. BAA yig'ini davomida jamoa tarkibida mashg'ulot o'tkazgan chernogoriyalik himoyachi Deyan Bolevich tibbiy ko'rikdan o'tolmay, ortga qaytganligi haqida xabar bergandik. Uning o'rniga bosniyalik boshqa bir legioner jamoa tarkibiga kelib qo'shilishi kutilmoqda.
“Nasaf” futbolchilari mavsumning ilk rasmiy uchrashuvini 17 fevral kuni Toshkenda O'zbekiston superkubogi doirasida “Paxtakor”ga qarshi o'tkazishadi.



