"Nasaf" "Paxtakor"ni safarda oxirgi marotaba qachon yutgandi? Turning markaziy uchrashuviga prevyu

Aslanov Jasurbek
5 avg 2021, 15:07
Superliga 14-turida "Sherlar" "Paxtakor" stadionida "Nasaf"ni qabul qilishadi.

Bellashuvlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, chempionatlarda jamoalar jami 49 marta o'zaro bahs olib borishgan. Ularning 29tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo'lsa, 10 bellashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshiliklar esa 10 o'yinda g'alaba qozonishgan. Raqib darvozasini 77 bor ishg'ol qilgan jamoamiz darvozasidan 46 gol o'tkazib yuborgan.

Toshkentdagi bellashuvlarda "Paxtakor" 19 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan. "Nasaf" Toshkentda yagona yutug'ini 2001 yil qo'lga kiritgan. Oxirgi marta 2016 yil Qarshi jamoasi safarda ochkoga ega chiqqan. Toshkentdagi bahslarda "Sherlar" 46 gol urib, 13 to'p o'tkazishgan.

"Paxtakor"va"Nasaf" jamoalari o'rtasidagi bellashuv  6 avgust, juma kuni "Lokomotiv" stadionda soat 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати