"Nasaf" o'zaro o'yin o'tkazdi va kichik tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2021, 22:16
Bugun "ajdarlar" ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi tashkil qilishdi.

"Oqlar" va "Ko'klar" o'rtasida kechgan basda "Ko'klar" 5:2 hisobida g'alaba qozonishdi. G'olib jamoa safida Oybek Bozorov (2), Dilshod Rahmatullaev, Mbeke Siebatcheu, Murodbek Xo'jamberdiev to'p kiritishgan bo'lsa, ikkinchi jamoa tarkibida Sharof Muhitdinov, Shahboz Nuriddinov gol urishdi.

Nazorat uchrashuvidan so'ng futbolchilarga javob berildi. "Ajdarlar" 20 yanvarda o'z qarorgohida yig'ilishadi va tibbiy ko'rikdan o'tishadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz