

"Ajdarlar" 2001 yildan buyon oliy liga doirasida safardagi o'yinda 6ta gol ura olishmagan edi. O'sha yil "Nasaf" Buxorodan 6:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgandi.
Oxirgi beshta mavsumda oliy liga klublarining hech biri safardagi uchrashuvda 6ta to'p kirita olmagan ekan. So'nggi bor bunday natijaga "Bunyodkor" klubi 2011 yil "So'g'diyona" bilan Jizzaxdagi bahsda erishgan - 6:1.




