O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti
Usmanov Mirabror Zufarovichga
Nusxasi: O'zbekiston Professional Futbol Ligasi boshlig'i
Magametov Farhod Abdualievichga
Hurmatli Mirabror Zufarovich!
Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mustaqillikka erishganimizdan so'ng futbolga berilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik tufayli futbol infrastrukturasi jadallik bilan rivojlanmoqda. Biz buni xorijlik mehmonlar va futbol bo'yicha mutasaddi insonlarning etiroflarini OAV orqali o'qib, ko'rib turibmiz. Bu etiroflar beixtiyor kishiga g'urur baxshida etadi.
O'z o'rnida Siz O'zbekiston Futbol Federatsiyasiga rahbar bo'lganingizdan keyin o'zbek futbolida katta ijobiy o'zgarishlar boshlandi. Qolaversa bizning futbolimiz jahon miqiyosida ko'zga ko'rina boshlandi. Futbolimiz katta yutuqlarni qo'lga kirita boshladi. Bu ham biz futbol muxlislarining quvonchiga quvonch qushmoqda. Bu mehnatlaringizni biz muxlislar chuqur hurmat qilamiz. Mana shunday faoliyatingizda aslo charchamang deymiz.
Endi ushbu murojaatimizni asli maqsadiga kuchsak. Hozirgi kunda yurtimizda futbol musobaqalarini yuqori darajada o'tkazish uchun juda katta ishlar qilinmoqda. Xabaringiz bor, 25 sentyabr kuni 2013 yilning O'zbekiston Kubogi finali bo'lib o'tadi. Ushbu nufuzli musobaqaning tarixiga e'tibor qaratsak, faqatgina bir marta Toshkent shahridan boshqa joyda yani Samarqand shahrida o'tkazilgan ekan. To'g'ri, bu haqda Kubok finali faqat Toshkent shahrida o'tkazilishi PFL reglamentida belgilab qo'yilgan, ammo boshqa davlatlarda shunday musobaqalarni neytral joylarda o'tkazish uchun oldindan konkurs e'lon qilinadi, yani o'z shahrida o'tkazishni hohlaganlar o'rtasida tanlov bo'lib o'tadi. Bu albatta shunday futbol uchrashuvi chiroyli va tashkiliy jihatdan yuqori darajada o'tishini taminlaydi. Afsuski, bizda Kubok finali go'yoki oddiy futbol uchrashuvidek o'tib ketadi. Keyingi yillarda shu finalni qanday o'tganligini “Paxtakor” stadionida guvohi bo'layapmiz. Muxlislar juda kam tashrif buyurishadi va tashkilotchilar ham bu finalga panja orasidan qarashadi hamda imi-jimida o'tkazib yuboriladi. Bu albatta mamlakatimizda futbolni tashviqot qilish O'zbekiston Kubogi finalidek uchrashuvni nufuzi juda pasayib kyetishiga sabab bo'lmoqda.
Afsuski, shu uchrashuvga viloyatdagi futbol muxlislarida qiziqish poytaxtlik muxlislarga ko'ra juda katta, bu hali ham davom etmoqda. Buni e'tiborga olsangiz juda yaxshi ish bo'lar edi.
To'g'ri, bu yil davogar shaharlar o'rtasida tanlov e'lon qilishga kech bo'ldi. Ammo Sizning qaroringiz bilan ushbu finalni Toshkent shahridan boshqa joyda o'tkazish uchun imkon bor. Finalni Samarqand yoki Buxoro shahrida o'tkazish taklifini oldinga so'rmoqchimiz, buning uchun ushbu shaharlardagi stadionlar talabga to'liq javob beradi, deb o'ylaymiz. O'z o'rnida ishoning bunday holatda yurtimiz futbol ishqibozlarining Federatsiyaga bo'lgan hurmati ham ancha oshgan bo'lar edi. Zero, mamlakatimiz muxlislari fikricha, O'zbekiston Kubogi finali faqat poytaxtda o'tkazilgani uchun go'yoki ushbu sovrin doimo poytaxt futbol klublariga muljallangandek ko'rinadi.
Mana Qarshi shahrining “Nasaf” jamoasi ketma-ket uchinchi marta O'zbekiston Kubogi finali ishtirokchisi bo'layapti. O'zbekiston Kubogi finaliga uch marta yo'llanma olgan “Nasaf” klubi stadionida o'tkazilsa ham arziydi deb, hisoblaymiz. Bizda mutlaqo Kubok finali boshqa joyda yoki Qarshi shahrida o'tkazilsa “Nasaf” jamoasi ushbu kubokni egasiga aylanadi degan fikr yo'q. Qolaversa, OFKdek yuqori nufuzga ega tashkilot OFK kubogini Qarshi shahrida tashkil etganidan xabaringiz bor. Kim shunday nufuzli sovringa loyiq bo'lsa, shu klubga nasib etsin. Biz muxlislarning iltimosimiz faqat final neytral joyda o'tkazilsin. Tashkilotchilik yuqori darajada bo'lsin. Stadion muxlislarga to'lsin. Barcha futbol ishqibozlarida ana shunday musobaqa juda yuqori darajada o'tkazilganida ijobiy fikrlar paydo bo'lsin. O'zimizni futbolga bo'lgan qiziqish yanada ortsin, deymiz.
Xatimiz oxirida Sizga chuqur hurmatimizni izhor qilgan holda, mustahkam sog'lik va og'ir mehnatingizda Sizga kuch-quvvat tilab,
Qarshi shahrilik bir guruh futbol ishqibozlari. 14 sentyabr 2013 yil.
Izoh: xatga 15 kishi imzo chekkan.