“Nasaf” muxlislarini ro'yxatga olish boshlandi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2014, 19:51
Mamlakatimizda yangi futbol mavsumining boshlanishiga ham borgan sari sanoqli kunlar qolmoqda.
Shu kunlarda barcha futbol klublarida yangi mavsumga jadal tayyorgarlik ko'rilmoqda. Shuningdek muxlislar klublari ham o'zlarining tadbirlarini amalga oshirishga kirishishdi.

“Nasaf” muxlislar klubi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi va o'z a'zolarini qayta ro'yxatga olishga qaror qildi. Muxlislar klubining bir guruh faol a'zolari tomonidan qator tadbirlar ishlab chiqilgan, bu tadbirlarni va rejalarni mavsum oldidan umumiy yig'ilish o'tkazishib, klub a'zolari bilan birgalikda tasdiqlab ham olishmoqchi.

Demak, “Nasaf” muxlislar klubiga a'zo bo'lishni istagan muxlislarni “Nasaf” PFKning “Markaziy” stadioni qoshidagi muxlislar klubi qarorgohiga kelishlarini taklif etamiz. A'zo bo'lishni hohlagan muxlislar o'zi bilan birga pasportining kseronuxasini, 2 dona 3X4 fotosurat hamda o'zi haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishlari kerak. Shaxsiy ma'lumotlar blankasi muxlislar klubi tomonidan taqdim etiladi.

Qarshi shahridan o'zoqroqda yashovchi muxlislar saytimizning amaldagi elektron pochta manzili info@voha.uz ga talab qilingan hujjatlarni jo'natib ham a'zo bo'lishlari mumkin. O'zi haqidagi ma'lumotlarni saytimizning mana shu linkdagi so'rovnomani to'ldirib pochtamizga jo'natishlari kerak. Bundan avval saytimiz orqali ro'yxatdan o'tganlar bundan mustasno.  

Ro'yxatga olish 10 martgacha davom etadi va 15 mart kuni bo'ladigan birinchi uchrashuv oldidan muxlislar klubi a'zolari ishtirokida umumiy yig'ilish o'tkaziladi. Ummumiy yig'ilish o'tkaziladigan aniq kunni, vaqtini va joy manzilini saytimiz orqali avvaldan e'lon qilamiz.

Ma'lumotlar uchun telefon: +998 91 462 21 99 (O'zoqov Uktam) va +998 95 505 11 17 (Safarov Ziyodullo).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz