“Nasaf” mashg'ulotlarga kirishdi (foto)

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 15:42
Mamlakat chempionatining 21-turida “Neftchi”ga qarshi uchrashuvdan (2:0) so'ng futbolchilarimiz to'rt kunli tatilga chiqishgan edi.
Kechadan boshlab klub qarorgohida to'plangan futbolchilar keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.  Darvozabon Eldorbek Suyunov va yarim himoyachi Ilhom Yunusov mamlakat bosh jamoasidan chaqiruv olgan bo'lishsa, Erkin Boydullaev, Shohruh Gadoev, Alisher Yusupov singari yetakchi futbolchilarimiz jarohatlarini davolash bilan band. Jamoaning qolgan barcha a'zolari mashg'ulotlarda faol ishtirok etishmoqda.

Bugun jamoamiz a'zolari ertalabki mashg'ulotni klub bazasisidagi trenajyor zalida o'tkazishdi. Quvonarli tomoni, jarohatdan forig' bo'lgan Kenja To'raev, Jahongir Jiyamurodov, Shuhrat Muhammadiev singari futbolchilari umumiy guruhda mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda va ular keyingi uchrashuvda jamoamizga yordam berishlari aniq.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz