

Kecha jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev muxlislar bilan uchrashuv chog'ida "Nasaf" afrikalik hujumchini kuzatayotganini ma'lum qilgandi.
Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, bu futbolchi senegallik Ablay Mbeng hisoblanadi. 1992 yilda tug'ilgan hujumchining bo'yi 187 santimetrga teng. Faoliyati davomida "Jaraf" (Senegal), "Sapen" (Gabon), "Axmat" (Rossiya) va "Dinamo" Minsk (Belarus) kabi klublarda o'ynagan Mbeng jami 135ta o'yinda 37ta gol urgan.
Ayni paytda transfermarkt portali Ablay Mbengning transfer narxini 500 ming evroga baholamoqda.



