"Nasaf" G'olib G'aybullaev va Alibek Davronov bilan yangi shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
29 noya 2023, 15:24
"Nasaf" klubi yetakchilari bilan shartnoma muddatini uzaytirdi.

Klub himoyaning muhim a'zolari Alibek Davronov va G'olib G'aybullaev bilan kelishuvni 2027 yilgacha uzaytirdi.

"Bugun “Nasaf” futbol klubining himoya qo'rg'onlari G'olib G'aybullaev va Alibek Davronovlar bilan shartnomalar uzaytirildi. Har ikkala himoyachi ham jamoamiz bilan 2027 yilgacha birga bo'lishadi.

O'zingizga ma'lum, G'olib va Alibek “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. So'nggi yillarda qo'lga kiritilgan sovrinlarda ham ushbu futbolchilarni xizmatlari beqiyos. Hamkorlikning davom etishi har ikkala tomon uchun ham barakali bo'lsin", - deyiladi klub xabarida.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia