“Nasaf” futbol maktabi tanlov e'lon qiladi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2015, 10:36
“Nasaf” futbol klubi rahbariyati tashabbusi bilan klub qoshidagi futbol maktabida vohamizda tug'ilib o'sgan (1998,1999, 2000 yillarda tug'ilgan) o'smirlarni saralab olish uchun tanlov o'tkaziladi.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o'tgan yosh futbolchilar “Nasaf” futbol maktabi tarkibiga qabul qilinadi. Tanlov 2015 yilning 9 dekabridan 15 dekabrga qadar davom etadi. Ko'rik “Nasaf” futbol maktabining sun'iy qoplamali maydonida soat 16:00da boshlanadi.

Qo'shimcha ma'lumotlarni “Nasaf” futbol klubi mamuriyatidan olishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz