
Toshkent-Istambul-Tabriz yo'nalishida 7 soatlik parvozdan keyin futbolchilarimiz Tabriz markazidagi “Gosrarwsh” mehmonxonasiga joylashishdi. Bugun kechki payt futbolchilarimiz ushbu shahardi dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishadi. Ertaga reglamentga muvofiq har ikkala jamoa menejerlari ishtirokida miting va jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. Bu haqda keyinroq xabar beramiz.