“Nasaf” yetakchilaridan biri jarrohlik stoliga yotdi

Khoja
21 fev 2024
“Nasaf” yetakchisi Oybek Bozorov elkasidan olgan jarohat sababli jarrohlik amaliyotini o'tkazishga majbur bo'ldi.

Bu haqida 26 yoshli futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma'lum qildi. Hozircha Bozorovning qancha muddatga safdan chiqqani haqida ma'lumot berilmagan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Oybek bugun bo'lib o'tadigan “Al Ayn”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.




KhojaMuallif
Manba: championat.asia