

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Nasaf" klubi Marko Stanoevich bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi va futbolchi 2024 yilda ham Qarshida o'ynaydi.
Stanoevich ertaga Qarshi shahriga yetib borishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, serbiyalik yarim himoyachi "Nasaf" tarkibida 2020 yil boshidan buyon o'ynab kelmoqda. Hozirga qadar barcha musobaqalarda 125ta o'yinda 22ta gol urgan va 20ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi "Nasaf" bilan birga 3 marta O'zbekiston kubogini va 1 marta O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritdi.




