

Kecha ushbu bahs oldidan ikki jamoa vakillari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilish davomida ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv uchun jamoalarning libos ranglari ham belgilab olindi. "Nasaf" qizil, mehmonlar – "Al Shorta" esa yashil rangli sport formalarida maydonga tushadi.




