“Nasaf” – “Al-Jayish”. Bugun o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2016, 08:29
Xabaringiz bor, 5 aprel seshanba kuni Osiyo chempionlar ligasi 4-turida Qarshining “Nasaf” klubi o'z maydonida Qatarning “Al-Jayish” klubini qabul qiladi.

Bo'lajak uchrashuvga bag'ishlangan matbuot anjumani 4 aprel dushanba kuni  Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionning anjumanlar zalida bo'lib o'tadi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismi soat 11:15da boshlanadi, unda “Al-Jaish” klubi bosh murabbiyi Sabri Lyamushi hamda jamoa sardori, 19-raqamdagi himoyachi Abdurahmon Issa ishtirok etishadi. Matbuot anjumanining soat 11:30da boshlanadigan ikkinchi qismida “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda jamoaning yetakchi o'yinchilaridan biri ishtirok etadilar.

Shuningdek shu kuni “Nasaf” – “Al-Jayish” uchrashuvi oldidan soat 12:30da har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi miting ham bo'lib o'tadi.

Akkreditatsiyadan o'tgan barcha OAVlari vakillarini ushbu matbuot anjumaniga taklif etamiz.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz