“Nasaf” – “Al-Hidd” uchrashuvi oldidan o'tkaziladigan rasmiy tadbirlar

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2017, 23:00
“Nasaf” (O'zbekiston) – “Al-Hidd” (Baxrayn) uchrashuvi oldidan bo'lib o'tadigan rasmiy tadbirlar vaqti aniq bo'ldi.

Unga ko'ra, o'yindan bir kun oldin, yani 30 yanvar dushanba kuni soat 11:00da har ikkala klub menedjerlari va rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tadi. 

“Bunyodkor” stadionining  matbuot anjumanlari  zalida “Al-Hidd” klubining bosh murabbiyi Muhammad Alshamlan va jamoaning bir nafar o'yinchisi ishtirokida matbuot anjumani boshlanadi.

Mehmon jamoa vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani yakuniga etkach, jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va bir nafar o'yinchimiz ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi.

Jamoalarning rasmiy o'yinoldi mashg'ulotlari quyidagi vaqtlarda o'tkaziladi. “Nasaf” jamoamizning mashg'uloti soat 15:00da boshlansa, soat 16:00da “Al-Hidd” jamoasining mashg'uloti boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, OAVlari vakillariga mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasini kuzatishlariga ruxsat etiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати