“Nasaf” – “Al Faysali” uchrashuvini yaponiyalik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2018, 18:02
“Nasaf” OCHL-2018 pley-off doirasidagi uchrashuvni, 30 yanvar seshanba kuni o'z maydonida Iordaniyaning “Al Faysali” klubiga qarshi o'tkazadi.

Mazkur uchrashuvga OFK tomonidan tayinlangan hakamlar nomi aniq bo'ldi. Unga ko'ra, uchrashuvni yaponiyalik FIFA hakami Xiroyuki Kimuri boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ochi Shinji va Takagi Takumilar yordam berishadi.

Uchrashuvda zaxira hakami sifatida tojikistonlik hakam Nasrullo Kabirov ishlaydi.

Hakamlar ishini Ali Hamad Badvaviy (BAA) nazorat qiladi. Uchrashuvda butanlik Dorji Mindu komissarlik qiladi.  

OCHL-2018. Pley-off uchrashuvi
“Nasaf” (Uzbekiston) – “Al Faysali” (Iordaniya)
30 yanvar 2018. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 16:00
Bosh hakam: 
Xiroyuki Kimuri (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Ochi Shinji, Takagi Takumi (ikkalasi Yaponiya)
Zaxira hakami: Nasrullo Kabirov (Tojikiston)
Nazoratchi: Ali Hamad Al Badvaviy (BAA)
Uchrashuv komissari: Dorji Mindu (Butan)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz