

Endi “Bunyodkor” jamoasining sobiq o'yinchisi va milliy terma jamoamiz safida ko'plab maydonga tushgan tajribali himoyachi – Akmal Shorahmedov "Nasaf" sharafini himoya qiladi.
O'yinchi haqida ma'lumot
To'liq ismi: Akmal Shorahmedov
Ampluasi: Himoyachi
Tug'ilgan sanasi: 10.05.1986
Fuqaroligi: O'zbekiston
Tug'ilgan joyi: Toshkent
Futbolchilik faoliyati:
"So'g'diyona" (Jizzax) - 2005-2006
"Navbahor" (Namangan) - 2007
"So'g'diyona" (Jizzax) - 2008
"Andijon" (Andijon) - 2009-2010
"Bunyodkor" (Toshkent) – 2011-2016
“Nasaf” (Qarshi) – 2017 yildan buyon
Akmal Shorahmedov bugun "Nasaf" bilan birga xorijiy yig'inga jo'nab ketadi.




