"Napoli"ning yangi sardori kim bo'lishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2022, 19:25
Neapolitanlar nomzod borasida bir qarorga kelishdi.

"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti Lorenco Insine ketganidan keyin jamoaning yangi sardori kim bo'lishini aniqlab oldi.

"Biz Insine qoldirgan sardorlik bog'ichini Kulibaliga tayyorlab qo'yganmiz. Biz Kaliduning "Napoli"da o'ynashda davom etishini istaymiz. Uning atrofida mish-mishlar ko'p, ammo bizning poziciyamiz aniq – biz uni saqlab qolishni rejalashtirmoqdamiz", – dedi mutaxassis.

Avvalroq "Napoli" Kulibalini transfer bozoridagi daxlsiz futbolchi deb atagandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Eurosport