"Napoli"ga kerak bo'lmay qolgan Milik "Atletiko"ga o'tishi mumkin

Alisher
4 dek 2020, 16:50
Hujumchi Arkadiush Milik qishki transferlar oynasida Ispaniyaga yo'l olishi mumkin.

Milikka hujum chizig'ida yana bitta o'yinchi kerak bo'lgan Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Milik ayni damda "Napoli"da o'ynamayapti, sababi uni A Seriya va Yevropa Ligasi uchun qaydnomaga kiritishmagan. Polyak oktyabrda bergan intervyusida shartnomani uzaytirishni rad etgani uchun klub unga adolatasiz munosabatda bo'layotganini aytgan edi.

Transfermarkt 26 yoshli Milikni 27 million evroga baholamoqda. U "Napoli"da 2016 yildan beri to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS