"Napoli" Zlatanga shartnoma taklif qildi

Aslanov Jasurbek
10 dek 2019, 13:44
"Napoli" "Milan" va "Los-Anjeles Gelaksi" sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Neapolliklar 38 yoshli shvedga 1,5 yillik shartnoma taklif qildi.

Ibragimovich yaqin kunlar ichida taklifni qabul qilishi yoki uni rad etishi kerak.

Oldinroq, hujumchi "Milan" bilan kelishib olgani haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru