"Napoli" sport direktori: "Bizga Ronalduni taklif qilishgan"

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2019, 12:12
"Napoli" sport direktori Kristiano Gvintoli yozda klubga hujumchi Krishtianu Ronaldu taklif qilingani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

"Bizga Ronalduni taklif qilishgan, bu haqiqat. Mendesh bilan munosabatlarimiz juda yaxshi va G'ulom bilan shartnoma uzaytirganimizdan so'ng agent bilan tez-tez bog'lanib turamiz. U De Laurentisga futbolchini taklif qildi, men esa jim turdim. Bu transferni tahlil qila boshlaganimizda, xaridni amalga oshira olmasligimiz ma'lum bo'ldi.

Ayni damda "Yuventus" Yevropaning eng yaxshi jamoasi, shu sababli A Seriyada ulardan o'zib ketish juda yoqimli bo'lardi. To'g'ri, bu qiyin, ammo o'z kuchimizga ishonishda davom etamiz" - deydi Gvintoli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia